AQSh harbiy-dengiz kuchlari ballistik raketalarni tutib qolish bo‘yicha o‘tkazgan o‘quv mashg‘ulotlari muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Bu haqda, DefenceNews portaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, SM-3 Block IIA dengiz mudofaa mashinalari yordamida ballistik raketani tutib qolishga urinish Gavayi orollari sohillarida amalga oshirildi.
Aegis kuzatish va nishonga olish tizimi bilan jihozlangan John Paul Jones eskadrilya mina tashuvchisi Kauai orolidan uchirilgan o‘rta masofali ballistik raketani tutib qola olmadi. Mina tashuvchining tizimlari raketani qayd qildi va nishonga oldi, ammo urib tushirish harakati muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
Manyovrlar yakunlari bo‘yicha AQSh mudofaa vazirligi tarqatgan bayonotda aytilishicha, dastur vakillari to‘plangan axborotni tahlildan o‘tkazmoqda, ushbu tahlil yakunlariga ko‘ra xulosalar qilinadi.
Izoh (0)