O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi vasiylik kengashiga shaxsan Shavkat Mirziyoyev boshchilik qiladi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Prezidentning 7-iyundagi farmoniga binoan O‘zbekiston Prezidenti devoni strukturasiga o‘zgartirishlar kiritildi.
Hujjatga ko‘ra, Shavkat MIrziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi vasiylik kengashiga bosh bo‘ldi.
Majmua Prezident huzurida tashkil etilib, davlat rahbari devonining OAV, ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat, san’at va ijodiy tashkilotlarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha xizmati tarkibiga kirdi. Xizmat vasiylik kengashining samarador faoliyatini ta’minlashga ko‘maklashadi.