20-iyun kuni Bryusselning Markaziy vokzalida portlash uyushtirgan terrorchi 36 yoshli marokashlik erkak bo‘lib, u Molenbek kommunasida istiqomat qilgan. Bu haqda Belgiya poytaxti prokuraturasi vakili Erik Van der Sipt matbuot anjumani chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Aytilishicha, terrorchi yolg‘iz harakat qilgan.
Terrorchining jomadonida mixlar va gaz ballonlari bo‘lganiga qaramay, portlash oqibatida hech kim zarar ko‘rmadi. Politsiya voqealar ketma-ketligini kuzatuv kameralari yozuvlari asosida tiklamoqda.
Izoh (0)