Portugaliya sharqida avj olgan yirik o‘rmon yong‘inlari allaqachon o‘nlab odamlarning halokatiga sabab bo‘ldi. “RIA Novosti” tabiiy ofat oqibatlarini aks ettiruvchi fotosuratlar bilan bo‘lishdi.
Portugaliyada yoz faslida o‘rmon yong‘inlari doimiy ravishda kuzatiladi, ammo Leyriya okrugida hozirgacha bunday sondagi qurbonlar kuzatilmagan edi.
Mamlakat hududida jami 30 ta yong‘in o‘choqlari qayd etildi.
Haligacha nazorat ostiga olib bo‘lmagan yong‘in Pedrogan-Grandi, Figeyro-dush-Vinyush va Kashtanyeyra-di-Pera munitsipalitetlarida avjiga oldi.
Pedrogan-Grandidagi eng kuchli yong‘inga daraxtni yashin urishi sababchi bo‘ldi.
Tabiiy ofat quturishi natijasida ayni paytgacha 62 kishi qurbon bo‘ldi, yana 60 ga yaqini jarohatlar oldi. Mamlakatda uch kunlik motam e’lon qilindi.
Portugaliyada yong‘inlarni o‘chirishda jami ikki mingdan ortiq o‘t o‘chiruvchilar va harbiylar, shuningdek, 686 ta transport vositasi ishtirok etmoqda.