AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya kuchlari Suriyaga tegishli dronni urib tushirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Urib tushirilgan dron Eron ishlab chiqargan Shahed-129 modeliga mansub edi. Voqea at-Tanf yaqinida ro‘y berdi.
Dron jangovar zaryad olib ketayotgan edi, ammo u portlamay qoldi. Shahed-129 harakat uzoqligi — 2 ming kilometrgacha, u “havo-yer” toifasidagi to‘rtta raketani tashishga qodir.
Izoh (0)