Donald Tramp
AQSh prezidenti Donald Trampning ixtiyorida Amerikaning Air Force One kompaniyasiga tegishli uchta havo kemasi — Boeing 747-200B, VC-25A, Boeing C-32 mavjud.
Boeing 747-200B — dunyodagi birinchi ikki qavatli samolyot bo‘lib, uzoq masofaga parvoz qilish imkoniyatiga ega. Uning uzunligi 70 metrga, qanotlarining o‘lchami 65 metrga, fyuzelyajining eni 6,5 metrga teng. Maksimal tezligi 1000 km/soatni tashkil etadi.
Agarda aeroport bu kabi ulkan samolyotni qabul qilib olishga qodir bo‘lmasa prezident Boeing C-32’dan foydalanadi.
VC-25A havo kemasining o‘ziga xos jihati tibbiyot anjomlari bilan jihozlangani: samolyotda hatto operatsiya qilish xonasi ham mavjud.Angela Merkel
Germaniya kanslerining ixtiyorida unchalik katta bo‘lmagan Eurocopter AS 532 vertolyoti mavjud. Kansler undan Germaniya ichida yoki yaqin mamlakatlarga parvoz qilishda foydalanadi.
Uzoq parvozlar uchun esa kansler Bombardier Global 5000 va Airbus A319-133X CJS kabi samolyotdan foydalanadi.Xamad bin Isa Al Xalifa
Bahrayn qiroli Xamad bin Isa Al Xalifa faqatgina Royal Flight davlat aviakompaniyasining samolyotlaridan foydalanadi. Ayni vaqtda qirolning havo floti oltita havo kemadan iborat: Boeing Business Jet BBJ2, 2 ta Boeing 747-400, Boeing 767-400ER, Gulfstream G-IV hamda Bell 430 vertolyoti. Ularning barchasi faqat qirollik oilasi va yuqori mansabli amaldorlar uchun mo‘ljallangan.
Royal Flight aviakompaniyasi qirol samolyotlarining interyeri qanday ko‘rinishda ekanligi haqida aytmaydi. Suratlardan ko‘rish mumkinki, qirollik havo flotining samolyotlari ikkiga: VIP-mehmonxona va muzokara uchun xonadan iborat. Bundan tashqari samolyotda alohida VIP-xonalar va yotoqxonalar mavjud, biroq ularning soni nechta ekanligi noma’lum.Yelizaveta II
Qirolicha Yelizaveta II ning ixtiyorida1000 kilometr masofaga qadar parvoz qilish imkoniyatiga ega ikkita AW109 vertolyoti, 3 ming kilotemtga qadar parvoz qila oladigan oltita BAE-125 samolyoti va to‘rtta BAE-146 reaktiv samolyotlari mavjud.
Bundan tashqari Yelizaveta II ning shaxsiy Sikorsky S-76 vertolyoti ham bor.
Izoh (0)