Jahonning 74 mamlakatida 3–4 yoshdagi bolalarning yarmi, jami 40 milliondan ortiq bola otalarining e’tiboridan mosuvo. Bu haqda YuNISЕFning yangi hisobotida aytildi.
Mualliflarning aniqlashicha, Belarusda ko‘rsatilgan yoshdagi 32 foiz, Ukrainada 29 foiz, Gruziyada 40 foiz, Qozog‘istonda 49 foiz bolalar otasining e’tiboridan chetda qolmoqda.
Hisobotda aytilishicha, O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 46 foizga teng — aynan shu miqdordagi bolalar otasi bilan o‘ynash imkoniyatiga ega emas.
“Bu raqamlar otalar bolalarining erta yoshida ularning rivojlanishida ishtirok etmasligini ko‘rsatmoqda”, — dedi YuNISЕF vakili Lourens Chendi.
Izoh (0)