Toshkentdagi Tibbiy ijtimoiy markazda Koreya Respublikasining Inha universiteti gospitalidan tashrif buyurgan bir guruh shifokorlar aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Endilikda ma’lum bo‘lishicha, koreyalik mutaxassislar 20-iyun kuni Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi “Arirang” qariyalar uyida va 22–24-iyun kunlari Navoiy shahri “Xanjin grupp” kompleksi binosida aholini umumiy chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi.
“Yurtingizda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoit yaratilganligiga guvoh bo‘ldik, — dedi Inha universiteti gospitali professori Li Syong Yun. — Shifo maskanlari zamonaviy tibbiy texnikalar bilan ta’minlanganligi tibbiy ko‘rikni tez va samarali tashkil etishga yordam bermoqda. Tibbiy ko‘rikka kelayotgan aholining o‘z salomatligiga e’tibori, tibbiy madaniyati yuksakligi bizda katta taassurot qoldirdi”.