AQShning UpGuard kompaniyasi xavfsizlik bo‘yicha mutaxassislari mamlakatning 198 million saylovchisi haqidagi ma’lumotlar joylangan himoyalanmagan baza borligini aniqladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Aytilishicha, deyarli barcha saylovchilarning uy manzili, tug‘ilgan sanasi, jinsi, diniy qarashlari va boshqa ma’lumotlari ko‘rsatilgan. Bazaning umumiy hajmi 1,1 terabaytni tashkil qiladi.
UpGuard bazani Amazon serverida topdi. U Respublikachilar partiyasi pudratchisi Deep Root Analytics tomonidan ijaraga olingan edi. Mutaxassislar bu ma’lumotlarni 12-iyun kuni aniqladi. Barcha ma’lumotlarni ko‘chirib olishga ikki kun vaqt sarflandi.