Parijdagi Yelisey maydonida politsiya avtobusiga mashinada hujum qilgan jinoyatchi halok bo‘ldi. Bu haqda Fransiya ichki ishlar vaziri Jerar Kolon bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Voqea aybdori halok bo‘ldi”, — dedi u.
“Bu jandarmlarga uyushtirilgan ikkinchi hujum, bu terror xavfi kuchliligini ko‘rsatadi”, — qo‘shimcha qildi u.
Vazir voqeani terakt uyushtirishga harakat sifatida baholadi.
Izoh (0)