AQShning sobiq prezidenti Barak Obamaning otasi yozgan kitoblar kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Bu haqda, The New York Times’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
1950-yillarning oxirlarida keniyalik Barak Hussayn Obama o‘zi tegishli bo‘lgan luo xalqining tili haqida bir nechta kitob yozgan edi. Bu kitoblar Afrikada til savodxonligini oshirishga qaratilgan edi.
Loyiha koordinatori Elizabet Muni katta Obamaga Gavayi universitetining xalqaro dasturiga talabnoma kiritishda yordam bergan edi. Aynan o‘sha oliygohda Obama Enn Danxem bilan uchrashdi. Ularning yagona farzandi AQSh prezidenti bo‘ldi.
Niderlandiyada kitoblarning original nusxalari topildi. Ular onlayn auksionda sotilmoqda. Kitoblarning taxminiy bahosi — 2,5–3,5 ming yevro.