Braziliyada turistik avtobus halokatga uchradi. O‘n kishi halok bo‘ldi, 18 kishi yaralandi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Avariya Monti-Alegri munitsipalitetida ro‘y berdi. Avtobus qishloq tumanidagi yo‘lda ag‘darilib ketdi.
Politsiya taxminiga ko‘ra, haydovchi keskin burilishni amalga oshirib, boshqaruvni qo‘ldan chiqargan. Voqea ro‘y bergan trassa ko‘plab YTHlar bilan tanilgan.