AQSh prezidenti Donald Tramp unga nisbatan Federal qidiruv byurosi boshlig‘i Jeyms Komining ishdan bo‘shatilishi munosabati bilan tergov boshlanganini tasdiqladi. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Menga FQB direktorini ishdan bo‘shatishni buyurgan odam FQB direktorini ishdan bo‘shatganim uchun menga nisbatan tergov olib bormoqda”, — deb yozdi Tramp va ushbu tergovni jodugarlar oviga o‘xshatdi.
I am being investigated for firing the FBI Director by the man who told me to fire the FBI Director! Witch Hunt
— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) June 16, 2017