Shavkat Mirziyoyev “Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash — davr talabi” mavzusida anjuman doirasida so‘zlagan nutqida mehnat muhojirlari masalasiga to‘xtalib o‘tdi.
“Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi chog‘ida mehnat migratsiyasi bo‘yicha muhim kelishuvga erishdik. Bizning bu boradagi pozitsiyamiz aniq: odam qayerda bo‘lsa ham ishlashi, oilasi, bola-chaqasini boqishi kerak. Lekin u halol mehnat qilishi, qonuniy yo‘l bilan daromad topishi lozim. Buning uchun davlatimiz barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyor”, — ta’kidladi Prezident.
“Ammo yaratilgan imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanmasdan, egri qadam bosadigan, el-yurtimizga isnod keltiradigan kimsalar – ularni nonko‘r desak, to‘g‘ri bo‘ladi – bunday shaxslar bilan boshqacha ish olib boramiz. Buyuk shoirimiz Zahiriddin Muhammad Bobur aytganidek, ‘Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur, Har kimki jafo qilsa, jazo topqusidur’”, — qo‘shimcha qildi davlat rahbari.
Izoh (0)