Turkiya Suriya bilan chegaradagi 700 kilometrlik devorni qurib bitirdi. Bu haqda, mamlakat mudofaa vaziri Fikri Ishiqqa tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Devorning qurilishi Turkiyaga terrorchilarning kirishiga to‘sqinlik qilishi kutilmoqda.
Vazir, shuningdek, shu kabi devor qurilishi Eron chegarasida ham boshlanganini bildirdi.