Rossiya prezidenti Vladimir Putin to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir chog‘ida Federal qidiruv byurosining sobiq rahbari Jeyms Komining Rossiya AQShdagi saylovga aralashgani haqidagi so‘zlariga izoh berib o‘tdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Putin Rossiya, agarda Komi AQShda ta’qiblarga uchrasa, unga boshpana berishga tayyorligini ta’kidlab o‘tdi.
“U prezident bilan suhbatini yozib olganini aytdi, keyin esa do‘sti orqali bu suhbatni OAVga yetkazdi. Maxsus xizmat rahbari oliy bosh qo‘mondon bilan suhbatni yozib olib, do‘sti orqali OAVga yetkazishi juda g‘alati eshitilarkan”, — dedi u.
Putin Komi bilan bog‘liq vaziyatni AQSh milliy xavfsizlik agentligi xodimi Edvard Snoudenning tarixi bilan qiyosladi va FQBning sobiq direktorini muayyan pozitsiyani himoya qilayotgan huquq himoyachisi deb atadi.
“Darvoqe, agar shu bilan bog‘liq ravishda u ta’qib ostiga olinsa, biz unga Rossiyadan siyosiy boshpana berishga tayyormiz. U buni bilishi kerak”, — xulosa qildi Putin.
Izoh (0)