O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Vadim Afonin faoliyatini Mahachqal’aning “Anji” klubida davom ettiradi. Bu haqda “Championat.asia” nashri “Match-TV”ga asoslanib xabar berdi.
Afonin 2014-yildan buyon “Orenburg” klubi safida to‘p surib kelayotgandi. Jumladan u jamoasining Rossiya Premyer-ligasiga chiqishiga o‘z hissasini qo‘shdi. Biroq yakuniga yetgan mavsumda “Orenburg” Rossiya Premyer-ligasida 13-o‘rinni egalladi va o‘tish turnirida penaltilar seriyasiga ko‘ra “SKA-Xabarovsk” klubidan mag‘lub bo‘lib, elitani tark etdi.
Shunga qaramay, futbolchi RPLda qoladi va mavsumni 12-o‘rinda yakunlagan “Anji” sharafini himoya qiladi. Bu haqda “Orenburg” sport direktori Boris Stukalov ma’lumot bergan. O‘z vaqtida “Anji” safida O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov ham to‘p surgan.