12-iyun kuni Parij chetidagi Sen-Denida Fransiya va Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi futbol bahsi bo‘lib o‘tdi. Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron va Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey uchrashuvni stadiondan turib tomosha qildi, deb xabar beradi Meduza.
O‘yin paytida muxlislar “to‘lqin” keltirib chiqardi. Mey “to‘lqin”ning boshlanishini o‘tkazib yuborib, Makron va boshqa ishqibozlar o‘tirganidan so‘ng o‘rnidan turdi.
https://twitter.com/NorbertElekes/status/874738229219659778
Twitter foydalanuvchilari bosh vazirning bu harakatini eng omadsiz “to‘lqin” deb atamoqda esa, Reddit’da esa ushbu mavzuda fotoshop suratlar paydo bo‘la boshladi.