Sankt-Peteburg shahri sudi sudyasi Oleg Shcherbakov 12-iyunda bo‘lib o‘tgan korrupsiyaga qarshi aksiyada ushlangan Evelina Murtazinani sakkiz sutkaga qamadi. Meduzaga ko‘ra, ayol aksiyada ishtirok etgani uchun hibsga olgan qizidan uni ayirmasliklarini so‘ragan, shu bois sud ikkisini ham hibsga olgan.
Bunga qadar boshqa sudya uning qizi Irina Murtazinani sakkiz sutkaga qamab, 10 ming rubl jarima belgilagan edi. Evelina Murtazina qo‘yib yuborilgan edi, ammo ayolning o‘zi ushbu hukmni o‘zgartirishni so‘radi.
Ayolning tushuntirishicha, u qizi bilan Sankt-Peterburgga ish bilan kelgan, 12-iyun aksiyasida esa tasodifan bo‘lgan.
Izoh (0)