Kuba hukumati Raul Kastro o‘rniga yangi yetakchini saylash bo‘yicha dastlabki qadamni qo‘ydi. Munitsipal delegatlar saylovi 22-oktabrga belgilandi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Kuba davlat kengashining xabariga ko‘ra, zarur bo‘lgan taqdirda ikkinchi tur 29-oktabrda o‘tkaziladi. Bu joylarda nomzodlar 50 foiz ovoz to‘play olmagan holda amal qiladi.
Kuba saylov modeliga ko‘ra, saylovning keyingi bosqichi provinsiyalar assambleyalari va xalq hokimiyati milliy assambleyasi deputatlarining saylanishi bo‘ladi. Ular, o‘z navbatida, yangi davlat rahbarini saylaydi. Ammo keyingi bosqichdagi saylovlar sanasi kechroq e’lon qilinadi.
86 yoshli Raul Kastro 2013-yili Kuba rahbarligiga qaytadan saylanganidan so‘ng keyingi saylovda nomzodini ko‘rsatmasligini bildirgan edi.
Izoh (0)