Xitoylik olimlar karbonat angidriddan benzin olishning yangi usulini taklif qildi. Bu haqda, Shanghai Daily nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ushbu texnologiya yaqin istiqbolda atmosferaga parnik gazlarining chiqarilishini bir qadar qisqartirishi aytilmoqda.
Yangi metod mualliflari Shanxay istiqbolli tadqiqotlar instituti (Shanghai Advanced Research Institute) mutaxassislariga tegishlidir. Ular past uglerodli konversiya, fan va texnika laboratoriyasi (CAS Key Laboratory of Low-Carbon Conversion Science and Engineering) bilan hamkorlikda ishladi.
Ayni paytda Xitoy atmosferaga parnik gazlarining chiqarilishi bo‘yicha jahonda eng yomon ko‘rsatkichlardan biriga ega. Karbonat angidridni qayta ishlashning yangi texnologiyasi muammoni yechishning vositasiga aylanishi mumkin, negaki karbonat angidrid atmosferada eng keng tarqalgan parnik gazlaridan biri hisoblanadi.
Izoh (0)