JCh—2018 saralashining 8-turida Suriya va Xitoy termalari 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Malayziyada o‘tgan uchrashuvda suriyalik futbolchilar 90-daqiqada jarimadan urilgan gol sabab mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.
Tomonlarning Xitoyda o‘tgan birinchi uchrashuvida Suriya 1:0 hisobida zafar quchgandi. 8-turdan keyin Suriya hisobida 9 ochko bor, Marchello Lippi boshchilik qilayotgan xitoyliklar esa 6 ochko to‘plagan.
Samvel Babayan ustozlik qilayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi kecha Erondan mag‘lub bo‘lgani inobatga olinsa, Suriya va Xitoy o‘yinidagi durang aynan o‘zbekistonliklar foydasiga ishladi deyish mumkin.
Toshkent vaqti bilan tungi 00:00 da Qatar hamda Janubiy Koreya termalari o‘rtasidagi bellashuv start oladi.
Ma’lumot uchun, 9-turni O‘zbekiston terma jamoasi 31-avgust kuni safarda Xitoyga qarshi o‘tkazadi. Shu kuni Suriya Malayziyada Qatar termasini qabul qiladi.
JCh—2018. Saralash “A” guruhi. 8-tur 13-iyun, seshanba