Qatar va Turkiya IShID terrorchi guruhiga qarshi kurashda eng asosiy rollardan birini o‘ynaydi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Qatar IShIDni qo‘llab-quvvatlamaydi. Qatar Turkiya bilan terrorga qarshi kurashda muhim o‘rin tutadi”, — ta’kidladi Erdo‘g‘on.
Turkiya prezidentining so‘zlariga qaraganda, ushbu mamlakatga qarshi qo‘shnilari tomonidan qo‘llanayotgan choralar noto‘g‘ridir.
“Qatarning qamal holatida qolishi g‘ayriinsoniy bo‘lib, islom qadriyatlariga zid keladi”, — qayd qilib o‘tdi Erdo‘g‘on.
Uning fikricha, ushbu vaziyatda inqirozni Saudiya Arabistoni bartaraf qilishi lozim.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)