Uber bosh direktori va ta’sischilaridan biri Trevis Kalanik majburiyatlarini bajarishdan vaqtincha chetlatilishi yoki boshqa lavozimga o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda Britaniyaning Financial Times gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Nashrning ma’lum qilishicha, 11-iyun, yakshanba kuni Uber direktorlar kengashi uchrashuv o‘tkazib, unda Kalanik va uning ikki yaqinining taqdiri muhokama qilingan. Uber rahbari o‘rinbosari Emil Maykl 12-iyun, dushanba kuniyoq lavozimidan mahrum etilishi mumkin. Kompaniyaning operatsiyalar bo‘yicha vitse-prezidenti Rayan Greyvsning karyerasi ham xavf ostida qolishi mumkin.
Direktorlar kengashining bu kabi choralari Uber xodimlari ishtirokidagi mojaroga javob chorasidir. Kompaniya rahbariyati, jumladan, menejerlardan biriga nisbatan ayblovlardan norozi bo‘lgan.
Izoh (0)