Sutning yangi qadog‘ini ocharkan, bu foydali mahsulot qo‘liga yetib kelguniga qadar qanchalik uzoq yo‘l bosgani haqida kamdan-kam iste’molchi o‘ylab ko‘radi.
Qishloq xo‘jaligi va chorvachilikdan mutloq uzoq iste’molchilarning xayolida sut ishlab chiqarish jarayoni juda oddiy gavdalanadi. Aslida esa hammasi unchalik ham oddiy emas..
Keling, hammasini bir boshdan ko‘rib chiqamiz.Xalqaro sut federatsiyasi tomonidan 2015-yilda o‘tkazilgan tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, sut mahsulotlari iste’molining o‘rtacha ko‘rsatkichi Yer aholisi jon boshiga yiliga 111,3 kilogrammni tashkil etgan. Sayyora aholisi soni ko‘paygani singari, ushbu ko‘rsatkichlar doim ortib bormoqda. Shuningdek, so‘nggi yillar davomida yurtimizda ham sut mahsulotlari iste’moli darajasi oshganiga alohida e’tibor qaratmoq zarur. Boisi, aholining sifatli sut mahsulotlariga bo‘lgan talabini ortishi hamda mahalliy sut ishlab chiqaruvchilarning sifatli sut mahsulotlari ishlab chiqarishda xalqaro sifat normalarini o‘z faoliyatlariga tatbiq qilib borishlaridadir.
TechnoMilk kompaniyasi mahalliy fermalar faoliyatiga va ishlab chiqarishga Yevropaning sifatli uskunalarini joriy etishni boshlagan dastlabki kompaniyalardan biri. Yurtimizda o‘z faoliyatini tashkil qilgan jamiyat O‘zbekiston bozoriga mutlaqo yangi takliflar bilan kirib kelib, qisqa fursat ichida sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining ishonchini qozondi. Kompaniya mahalliy fermalarga individual sog‘uv apparatlaridan boshlab, ko‘p miqdorda sigirlar sog‘ib olish uchun mo‘ljallangan “karusel”, “parallel”, “Yolochka” va boshqa turdagi sog‘uv zallarini, og‘ilxonada yem tarqatish texnikalarini, sut sovutish uskunalari, sutni qayta ishlash zavodlari, og‘ilxonada go‘ng tozalash tizimlari va sut ishlab chiqaruvchilarning ishini yengillashtiradigan yana boshqa ko‘plab vositalarni taklif qilishga tayyor.
Kompaniya tomonidan taklif etiladigan qurilmalar xalqaro sifat tizimlari asosida tayyorlanishi diqqatga sazovor.
TechnoMilk MChJ Germaniya, Rossiya, Angliya va Kanada ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlikda ishlaydi, yaqin hamkorliklarning evaziga kompaniya ko‘p sonli mijozlar bazasiga va katta tajribaga ega bo‘ldi. TechnoMilk nafaqat uskunalarni yetkazib berishga, balki ularni ishga tushirish, xodimlarni o‘qitish, yetkazib berilgan uskunalarga yillik kafolat, veterinariya xizmati hamda maslahat va tavsiyalar ko‘rinishida davomli ko‘mak ko‘rsatadi. Mas’uliyatli va puxta yondashuv sabab, TechnoMilk mijozi chorvaning yuqori mahsuldorligi sharofati bilan, ortiqcha sarflardan sezilarli tejab qolishi va pirovardida ferma ta’minotini tartibga solishi hamda ko‘proq daromad olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Sut ishlab chiqarish nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijda ham juda mas’uliyatli vazifa. Chunki sut mahsulotlarini barcha yoshdagi aholi vakillari iste’mol qiladi. Shu sababli sifatli chorvachilik uskunalarini xarid qilish fermer xo‘jaligini iqtisodiy barqarorligini ta’minlash bilan birga aholiga sifatli sut mahsulotlarini yetishtirib berishning asosiy omili sanaladi.
TechnoMilk’ni tanlaganlar orasida kichik fermalardan boshlab ko‘p sonli qoramolga ega katta fermalar ham mavjud ularning bari hozirgi hamkorlikdan, oddiy qilib aytganda — ish bo‘yicha do‘stlikdan juda ham xursand!
Reklama huquqi asosida