Saudiya Arabistoni shimoli-sharqidagi Al-Katif viloyatida yuz bergan hujum oqibatida xavfsizlik xizmati xodimi halok bo‘ldi, yana ikki kishi jabrlandi. Bu haqda Sky News Arabia telekanaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
IIV ma’lumotiga ko‘ra, xavfsizlik xizmati ofitseri portlovchi qurilmaning portlab ketishi oqibatida halok bo‘lgan. Ikki jabrlanuvchining ahvoli barqaror ekanligi ta’kidlanmoqda.
Izoh (0)