O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 12-iyun kuni boshlangan videoselektor davomida Samarqand viloyati hokimi Himmat Oqbo‘tayev o‘z lavozimidan ozod etildi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

Foto: UzNews

Xabar berishlaricha, O‘zbekiston Prezidenti Samarqanddagi ahvolni tanqid qilgan, viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarida mavjud qator muammolarni sanab o‘tgan.

Qayd etish joiz, Shavkat Mirziyoyev 10-iyun kuni Samarqand viloyatida tashrif bilan bo‘lib, viloyatdagi qurilish ishlari bilan tanishgan, dalalarda bo‘lib, fermerlar bilan uchrashgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Himmat Oqbo‘tayev 2016-yilning 23-dekabr kuni O‘zbekiston Prezidentining taqdimiga ko‘ra Samarqand viloyati hokimi etib saylangan edi.