KPSS Markaziy qo‘mitasining birinchi kotibi Nikita Xrushchyovning nabirasi va asrandi qizi Yuliyani Moskva shahrida elektrichka urib ketdi, shundan so‘ng u halok bo‘ldi. Bu haqda huquq-tartibot organlariga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, hodisa “Solnechnaya” stansiyasida yuz bergan. 77 yoshli Yuliya Xrushchyova Vnukovo—Moskva poyezdining urib ketishi oqibatida olgan jarohatlari tufayli halok bo‘ldi.
Yuliya Xrushchyova 1940-yilda Nikita Xrushchyovning o‘g‘li Leonid Xrushchyov oilasida dunyoga kelgan. Leonid Xrushchyov frontda bedarak yo‘qolgandan so‘ng, Nikita Xrushchyov uni asrab olgan edi.
Izoh (0)