Jeneva shahrida o‘tayotgan Xalqaro mehnat konferensiyasining 106-sessiyasida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etayotganligi avval xabar qilingan edi. Mazkur konferensiya doirasida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari T. Norboyeva, bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A. Abduxakimov, savdo-sanoat palatasi raisi A. Shayxov va kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi o‘rinbosari B. Maxmadaliyevdan iborat uch tomonlama ijtimoiy hamkorlar Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) bosh direktori Gay Rayder bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda “Daryo”ga bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar berdi.
XMT rahbari O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy sohada rivojlantirishgan qaratilgan islohotlar va aholini munosib bandligini ta’minlash, xususan, Prezidentning ijtimoiy-mehnat sohasini yanada takomillashtirish, ish haqi, pensiyalar va stipendiyalarni o‘z vaqtida berish shuningdek, aholi uchun sog‘liqni saqlash xizmatlari ko‘rsatilishini yaxshilash, mehnat sohasida gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan so‘nggi qarorlari to‘g‘risida batafsil tanishtirildi.
G. Rayder XMT uchun O‘zbekiston bilan aloqalar juda muhim ekanligini bildirdi.
“Tomonlar hamkorlikning ko‘plab sohalarida sezilarli yutuqlarga erishdi, bugun esa avvalo, bandlik, mehnat muhofazasi, gender tenglik kabi sohalarda yangidan-yangi imkoniyatlar vujudga kelmoqda”, — dedi u.
XMT rahbari ijtimoiy soha beshta ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan 2017–2021-yillarda O‘zbekistonni rivojantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasini ijobiy darajada qayd etdi. O‘zbekistonda munosib mehnat bo‘yicha Davlat dasturini amalga oshirilishi, xalqaro mehnat standartlariga asosan tadbiq etilgan mehnat normalariga yuqori baho berdi.
G.Rayder O‘zbekiston bilan kelgusida hamkorlikni yanada rivojlantirish va amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish istagini bildirdi.
Izoh (0)