2018-yili AQShning NASA aerokosmik tashkilotini moliyalashtirishning 500 million dollarga qisqartirilishi 2033-yili Marsga odam jo‘natish borasidagi rejalarga ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu haqda tashkilot rahbari vazifasini bajaruvchi Robert Laytfut bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
Oq Uy tomonidan taqdim etilgan budjet so‘roviga binoan, keyingi yili NASAning xarajatlari 19,1 milliard dollarni tashkil qiladi. Bu hozirgi yildagidan 500 million dollarga kamroqdir.
Shu bilan birga, bir qator hukumat idoralarining moliyalashtirilishi oshiriladi.
Parlament quyi palatasi fan, fazo va texnologiyalar bo‘yicha qo‘mitasida qilgan chiqishi chog‘ida Laytfut hujjatda ko‘rsatilgan mablag‘ 2018-yilgi xarajatlar uchun yetarli bo‘lishini ishontirib aytdi.
Izoh (0)