Iroq poytaxti Bag‘doddan 60 kilometr janubdagi al-Musayib shahrida ro‘y bergan terakt oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi, 30 dan ortiq odam jarohat oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, asosan shialar istiqomat qiluvchi shahardagi teraktni xudkush uyushtirgan.
Iroq ichki ishlar vazirligi 20 kishi qurbon bo‘lganini tasdiqladi.
Yana bir portlash shialar uchun muqaddas sanalgan Karbalo shahrida amalga oshirildi. U yerda to‘rt kishi yaralandi.
Izoh (0)