Somalida “ash-Shabob” terrorchi guruhi tomonidan shaharning nazorat ostiga olinishi chog‘ida 61 nafar harbiy xizmatchi o‘ldirildi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Terrorchilar mamlakat shimoli-g‘arbidagi Af Urur shahriga hujum qildi.
Mintaqa gubernatori Bari Yusuf Muhammadning so‘zlariga qaraganda, aloqa uzilgani uchun oxirgi ma’lumotlarni olishning imkoni yo‘q. Qurbonlar soni oshgan bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)