Mavritaniya bir qator arab va boshqa davlatlardan so‘ng Qatar bilan diplomatik aloqalarini to‘xtatishini ma’lum qildi. Bu haqda mamlakat TIV bayonotida ma’lum qilindi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Qatar bilan diplomatik munosabatlarni to‘xtatish haqidagi qaror uning mazkur siyosatini davom ettirishdagi o‘jarligi bilan bog‘liqligi ta’kidlandi.
“Qatar bir qator arab mamlakatlarida anarxiya va tartibsizlikni yoyish bo‘yicha ish olib bordi. Qatarning hududdagi siyosati terrorchilik tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash va ekstremistik g‘oyalarni tarqatish bilan bog‘liq edi”, — deyiladi bayonot matnida.
Eslatib o‘tamiz, 5-iyun, dushanba kuni Misr, Saudiya Arabistoni, Bahrayn va BAA Dohani terrorchilik tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlashda ayblab, Qatar bilan diplomatik aloqalarini to‘xtatishini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)