Yekaterinburg yo‘l xizmatchilari harakatlanadigan yo‘lning o‘rtasida joylashgan to‘nka atrofini asfalt qilishdi. Yangi obyektni mahalliy fuqaro Dmitriy ismli erkak suratga oldi va uni “qarilik yodgorligi” deya atadi. Bu haqda E1 portali ma’lum qildi, deb xabar berdi Daily Afisha.
Erkakning so‘zlariga ko‘ra ushbu to‘nka bir necha yillardan beri shu yerda turadi. Mahalliy aholi unga o‘rganib qolgan va doim uni aylanib o‘tadi.
Erkak Kirov tumani obodonlashtirish bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilgan, ular esa o‘z navbatida mas’ul shaxsga xabar berishlarini ma’lum qilgan. Yekaterinburg ma’muriyatining yer qo‘mitasini ta’kidlashicha, to‘nkani ko‘chirish uchun ruxsat bo‘lishi kerak.