O‘zbekistonda rasman LG G6 smartfoni sotuvga chiqdi. Uning dizayni G5’ni eslatadi, undan farqi modul konstruksiyasida ega emas. Modelning asosiy jihati: ishlab chiqaruvchi G6’ni noodatiy cho‘zilgan ekran bilan jihozlagan. 5,7 dyuymli Full Vision displeyi 2880x1440 piksellga teng, deb xabar berdi “Mobinfo.uz”.
Bundan tashqari LG smartfonlarida birinchi bor chang va namga qarshi himoya paydo bo‘lgan. Orqa panelida barmoq izi skaneridan tashqari 13 megapikselli kamera joylashgan. Qo‘shimcha sensor 125 gradus burchak ostida suratga olishni ta’minlaydi. Old tarafida esa 5 megapikselli kamera joylashgan bo‘lib, 100 gradus burchak ostida suratga oladi.
Smartfon ichiga Qualcomm Snapdragon 821 protsessori o‘rnatilgan. Tezkor xotirasi 4 Gb, ichki xotirasi 32 yoki 64 gigabaytga teng. Akkumulyator sig‘imi 3300 mA/soatni tashkil etadi.
LG G6 Android Nougat UX 6.0 operatsion tizimida ishlaydi.
LG firma do‘konlarida ushbu model 6,6 million so‘mdan sotilmoqda.
LG G6 smartfonining texnik tavsifi:
- 5,7 dyuymli va 2880x1440 pikselli displey;
- Qualcomm Snapdragon 821 to‘rt yadroli protsessor;
- Adreno 530 grafik tezlashtirgich;
- 4 Gb LPDDR4 tezkor xotira;
- 32/64 Gb ichki xotira;
- 13 megapikselli asosiy kamera;
- 5 megapikselli frontal kamera;
- barmoq izi skaneri;
- akkumulyator sig‘imi 3300 ma/soat;
- operatsion tizimi Android Nougat;
- O‘lchamlari: 148,9 x 71,9 x 7,9 millimetr
- Og‘irligi: 163 gramm.