O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 6-iyundagi farmoniga asosan, Botir Bahromovich Qudratxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “Xushnudbek.uz” xabar bermoqda.
Bungacha Botir Qudratxo‘jayev Toshkent shahar prokurori sifatida faoliyat yuritayotgandi.
Eslatib o‘taman, 2017-yil 29-maydagi Prezident farmoniga ko‘ra, Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamenti tugatilib, Bosh prokuratura huzurida Majburiy ijro byurosi tashkil etilgan edi.