Tehron metropolitenining ikki poyezdi to‘qnashib ketishi oqibatida 48 kishi jabrlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Metropoliten matbuot xizmati vakili Ehson Muqaddamning xabar berishicha, tunnelldan chiqqan poyezd Tarasht bekatida turgan boshqa poyezdga urilib ketgan.
Voqea mahalliy vaqt bilan soat 18:15 da ro‘y bergan.
Jabrlanganlar shahardagi uchta shifoxonaga yetkazilgan.