AQSh Senati mamlakatning Isroildagi elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Hujjat uchun 100 nafar senatordan aksariyati ovoz berdi. Senat rezolyutsiyasi majburiy kuchga ega emas, balki AQSh oliy qonunchilik organining masalaga munosabatini bildiradi.
Kongress 1995-yilda AQShning Isroildagi elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Biroq shaharning bahsli maqomi tufayli prezidentlar har yarim yilda mazkur qaror ijrosini qoldiruvchi hujjatni imzolaydi.
Oq uy iyunda prezident Donald Tramp AQSh elchixonasini Tel-Avivda kamida yarim yilga saqlab qolishga qaror qilgani haqida xabar bergandi.