Saudiya Arabistonidagi gipermarketlardan birining saytida e’lon qilingan Saco uy mahsulotlari bo‘limida, Intex firmasining sun’iy hovuzlar katalogida tasvirlangan ayol kishining surati o‘chirilib, uning o‘rniga havo bilan to‘ldirilgan o‘yinchoq shar joylashtirib qo‘yildi, deb xabar berdi Meduza.
Shu bilan birga katalogda boshqa ayollarning ham suratlarda mavjud. Senzurachi suratlarga uzun yengli yaxlit cho‘milish kiyimini chizib qo‘ygan.
Saudiya Arabistonida ayol kishining rasmi qattiq senzura ostiga olinadi. Ayol kishi televideniye yoki reklamada qo‘l, oyoq, yelka va bo‘ynini berkitib turgan kiyimlardagina ko‘rinish berishi mumkin.