Rustam Azimov “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi bosh direktori etib tayinlangan. Bu haqda “Gazeta.uz” nashri o‘z manbalariga asoslanib xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun, “O‘zbekinvest” kompaniyasiga 2005-yil 28-sentabrdan beri Faxriddin Saidahmedov rahbarlik qilib kelayotgan edi.
Avvalroq O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Rustam Azimov “boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan” o‘z lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgan edi.