Rossiya qurilish vazirligi ishlab chiqqan loyihaga ko‘ra, 2017-yili Shimoliy Osetiya respublikasida 309 million rubldan ko‘proq mablag‘ 2004-yili Beslandagi maktabda uyushtirilgan teraktda jabrlanganlarni uy-joy bilan ta’minlashga yo‘naltiriladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Loyihaga binoan, respublika hukumatiga joriy yilda qo‘shimcha ravishda 309,6 million rubl pul ajratiladi. Bu mablag‘ terakt jabrlanuvchilarining uy-joy bilan ta’minlash ishini tugallashga qaratiladi.
Mazkur mablag‘ yordamida 208 oila yoki 473 fuqaro uy-joy bilan ta’minlanadi. Yana 1 million rubl o‘tgan yilgi moliyalashtirishlardan respublika budjetida ortib qolgan bo‘lib, bu ham yuqoridagi maqsadlarda ishlatiladi.