NASA sun’iy yo‘ldoshlari Ramazon oyida Yaqin Sharqdagi shaharlar fazodan yorqinroq bo‘lib ko‘rinishini qayd etdi. Va bunday tendensiya har yili kuzatiladi, deb yozadi “Islam-today.ru”.
Olimlar ma’lumotlariga ko‘ra, Yaqin Sharq mamlakatlarining ba’zi shaharlarida Ramazon oyida tungi yoritilish darajasi 50 foizdan ziyodga oshadi. Tadqiqot chog‘ida, shuningdek, Saudiya Arabistonida muqaddas oy davomida ba’zi shaharlardagi yoritilish darajasi 100 foizga oshishi aniqlandi.
Bu shu bilan bog‘liqki, musulmonlar Ramazonda tongotar vaqtigacha uxlamay, namoz o‘qiydi va saharlikka taom tanovul qiladi, shuningdek, savdo markazlari va bozorlarning ko‘pchiligi tungi vaqtda ishlaydi.