Qatar aviakompaniyasi Qatar Airways Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misrga aviareyslarni to‘xtatib turish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda kompaniya saytidagi bayonotda ma’lum qilindi, deb yozadi “RIA Novosti”.
BAA, Bahrayn va Misrga reyslar 6-iyun kuni to‘xtatilishi ta’kidlanmoqda.
“Sanab o‘tilgan reyslarga ro‘yxatdan o‘tgan barcha xaridorlarga muqobil variantlar, jumladan, foydalanilmagan chipta uchun pullarni to‘liq qaytarib olish yoki Qatar Airways tarmog‘ining yaqin yo‘nalishlariga tekin qayta ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatlari taqdim etiladi”, — deyiladi bayonotda.
Avvalroq Qatar Airways 5-iyun, 23:59 ga qadar Saudiya Arabistoniga barcha reyslarni to‘xtatib qo‘yishi haqida ma’lum qilingan edi.
5-iyun kuni Saudiya Arabistoni, Misr, Bahrayn va BAA Doha xalqaro terrorchilik tashkilotlariga yordam ko‘rsatayotganligini ma’lum qilib, u bilan diplomatik aloqalarni to‘xtatdi.