O‘zbekistonda naqd shaklda pensiya to‘lovlarini amalga oshirish bilan muammo kelib chiqqan taqdirda murojaat qilish uchun ishonch telefoni ishga tushirildi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Ishonch telefoni raqami — 1106.
O‘zbekiston xalq banki ma’lumotiga qaraganda, mamlakatning har qanday mintaqasi va tumanidan mazkur raqamga qo‘ng‘iroq qilib, og‘zaki murojaatni yetkazish mumkin bo‘ladi.