Fransiya politsiyasi xodimi Parijdagi Notr-Dam cherkovi yaqinidagi maydonda hujumga uchradi. Bu haqda, BFMTV’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, noma’lum shaxs politsiyachiga bolg‘a bilan zarba bermoqchi bo‘lgan, ammo u bunga javoban quroldan o‘t ochgan. Ikki o‘qdan so‘ng hujum qilgan kishi yerga yiqilgan.
“Yaralangan erkak zararsizlantirildi va hozir cherkov kirishi oldida yotibdi, u yer o‘rab olingan”, — deyiladi AFP xabarida.