Parijdagi Notr-Dam cherkovi yaqinida politsiyachiga hujum qilgan shaxs jazoirlik 40 yoshli talaba bo‘lib chiqdi. Bu haqda, BFMTV’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Fransiya ichki ishlar vaziri Jerar Kolonning so‘zlariga qaraganda, hujum chog‘ida erkak “Bu Suriya uchun!” deb baqirgan.
Ilgariroq hujum Fransiya prokuraturasi tomonidan terakt deb baholangani aytilgan edi.