Olmaxonlar AQSh Harbiy-havo kuchlari veteranining shaxsiy uyi hovlisida joylashgan kichik hajmdagi bir nechta Amerika bayroqlarini o‘g‘rilab ketishdi, deb xabar berdi UPI.
Sobiq harbiyga qo‘shnisi kemiruvchilarning videosini ko‘rsatmagunicha uning bu voqeadan boshi qotib xafa bo‘lib yurgan.
Sobiq harbiyning qizi Jennifer Nortemning aytishicha, o‘g‘rilikni biror-bir odam sodir etmaganligini bilgach o‘zi hamda otasining yuragi yengil tortgan. “Biz bu hududga yaqindagina ko‘chib o‘tganimiz sabab nima deb o‘ylashni bilmayotgan edik”, — deydi Jennifer.
Rolikni suratga olgan qo‘shni — Devin Riveri-Dyukning so‘zlariga ko‘ra, olmaxonlar umumiy miqdorda 10 ta bayroqchani olib ketishgan. Kemiruvchilar bayroqchalardan foydalanib daraxt shohlariga in qurishgan.