Mamarizo Nurmurotov Markaziy bank raisi etib tayinlandi. Bu haqda Uz24 xabar bermoqda.
Ilgari mazkur lavozimni may oyining oxirida vafot etgan Fayzulla Mullajonov egallab turgan edi.
Mamarizo Nurmurotov 2000–2004-yillarda O‘zbekiston moliya vaziri bo‘lgan. 2004–2006-yillarda Samarqand hokimi lavozimida ishlagan.
Shu yilning mart oyi oxirida Nurmurotov Senat a’zosi etib saylangan edi.