Londondagi teraktning uchinchi ijrochisi kim ekanligi ma’lum qilindi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Corriere della Sera nashriga ko‘ra, uchinchi terrorchining ismi Yusef Zagbadir.
Zagba 1995-yili Marokashda tug‘ilgan bo‘lib, uning onasi italyandir. 2016-yil martida u Bolonya aeroportida to‘xtatilgan — u Turkiyaga yo‘l olib, u yerdan Suriyaga o‘tmoqchi bo‘lgan.
Terrorchilik aybi Zagbaga qo‘yilmaganiga qaramay, u qora ro‘yxatga kiritilgan.
Muqaddam Skotlend-Yard London teraktining ikki ijrochisi ismini ma’lum qilgan edi.