Kobul markazida 31-may kuni sodir bo‘lgan terakt oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 150 kishidan oshdi. Bu haqda Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Oldinroq portlash oqibatida 100 dan ortiq kishi o‘lgani, 600 kishi yaralangani bildirilgandi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur hujum davomida terrorchilar 1,5 tonna portlovchi moddadan foydalangan. Portlovchi to‘lqin 50 dan ortiq avtomobilni pachoq qildi, yaqin atrofdagi imoratlar to‘liq yoki qisman vayron bo‘ldi, qator davlatlar binolariga shikast yetdi.
Terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.